Yangliklar

Internet gigienasi: 10ta oddiy qoida

Internetda ishlaganda ehtiyot bo’lish haqida ko’p yozdik. Shunday bo’lsa ham, yana shu mavzuga qaytmoqdamiz. Chunki global tarmoqda yuzaki “erkinlik” va “maxfiylik” ko’pchilik tengdoshlarimizning boshini aylantirib qo’ymoqda, ularni oddiy ehtiyot choralarini ham unutib qo’yishlariga sabab bo’lmoqda.

Bizning vazifamiz – do’stona ogohlantirish va Internetning “qing’irlik”lari borligini eslatib turishdir. Ana shu vazifamizga sodiq qolgan holda, bu sonda umumjahon axborot tarmog’idan foydalanishning xavfsiz bo’lishini ta’minlovchi o’nta qoidani keltiramiz. Ularni Internet gigienasi qoidalari, deb atadik. Chunki bu qoidalarga amal qilish xuddi ovqatdan oldin va keyin qo’l yuvishdek tabiiy ishga aylanishi lozimdir.

Avvalo Internetda e’tiborli bo’lib va… bir  oz gumonsirab ishlang. Internetning hamma axboroti ham ishonchli, virusdan xoli va xavfsiz emas.

            Ana endi, Internet gigienasiga o’tamiz.

  1. Havolani bosishdan oldin ular qaysi saytga yo’llashini tekshiring. Buning uchun havola ustiga sichqoncha kursorini olib boring. Agar sizga bir saytga kirish taklif etilayotgan bo’lsa-yu, havolada boshqa saytning nomi yozilgan bo’lsa, demak bu yerda nimadir bor.

2.Shaxsiy ma’lumotlarni kiritishdan oldin brauzerning manzillar qatorini bir tekshirib ko’ring.U yerda nimadir shubhali yozuv ko’rinsa, masalan, odatiy odnoklassniki.ru emas, vkontokte.ru kabilar yozilgan bo’lsa, qalbaki saytga kirgan bo’lasiz. Bu yerda kiritgan shaxsiy ma’lumotlaringiz qalloblar qo’liga tushadi va sizning nomingizdan tanishlaringizga spamlar, viruslar yuborishda qo’llanilishi mumkin.

  1. Pochtangizga ijtimoiy tarmoqdagi sahifangiz yoki vatsap, m-agent, kabi messenjerlarga keladigan notanish havolalarni bosmang. Hatto tanish odamlardan kelgan bo’lsa ham, juda ehtiyot bo’ling. Chunki tanishingizning akkaunti buzilgan bo’lishi va uning nomidan boshqalar spam tarqatishyotgan bo’lishlari mumkin.
  2. Pochtangizga, messenjeringizga kelgan notanish fayllarni ko’chirmang. Hatto tanishingiz yuborgan bo’lsa ham, oldin undan bu nima fayl ekanligini so’rab-surishtiring.
  3. Zamonaviy qidiruv tizimlari va brauzerlar, masalan Google Chrome, kirmoqchi bo’lganingiz saytda viruslar borligi haqida ogohlantiradi. Mana shunday ogohlantirishga e’tiborli bo’ling.

6.Shubhali reklama bannerlarini bosmang, ayniqsa bir pasda boyib ketishni taklif qiladigan, o’ta manfaatli xizmatlar, bepul servislar taqdim etadigan reklamalarga umuman yaqinlashmang.

  1. Saytlar, o’yinlar va dasturlarni buzish, ko’dlarini ochish dasturlari juda shubhalidir. Noqonuniy xizmat taqdim etayotgan sayt yoki dastur hech qachon toza bo’lmaydi.ularning xizmatidan foydalanaman deb, o’zingiz qurbonga aylanishingiz turgan gap.
  2. BitTorrent, DirectConnect va boshqa fayillar almashinuvi tarmoqlaridan yuklanadigan fayllarga ehtiyot bo’ling. Ushbu tarmoqlarga fayllar foydalanuvchilar tomonidan yuklangan bo’lib, ular o’zlari bilmagan holda viruslar yuklab qo’ygan bo’lishlari ham mumkin.
  3. Brauzerlar ayniqsa Internet Explorerning eski talqinlarini ishlatmang. Virus yozuvchilar eski talqinlardagi «bag»-nuqsonlarni topib ulardan foydalanadilar. Yangi talqinlarda esa nuqsonlar bartaraf etilgan bo’ladi.
  4. JavaScriptni o’chirib qo’ying. Aksariyat saytlar usiz ham bemalol ishlayveradi. Mozilla Firefox brauzeridan foydalanadigan bo’lsangiz, Noscript plagini yoqib qo’ying, bu notanish saytlarning skriptlarinigina o’chirib qo’yish imkonini beradi.

 

Wi-Fi: Bu olifta so’z ostida nima yashirin?

 Poytaxtda va yirik shaharlarda dial-up orqali Internetga ulanish tarixga aylandi. ADSL-mademlar orqali simli ulanish ham asta-sekin o’z ornini Wi-Fi ga bo’shatib bermoqda.bugun mana shu texnalogiya haqida so’z yuritamiz.

              Shuni aytib o’tish kerak texnalogiya nomini sharhlashga urinmang.Wi-Fi iborasi ostida hech qanday ma’no yo’q u bir paytlar mashhur bo’lgan hi-fi so’ziga uyqash qilib to’qilgan xolos.

Manodan mohiyatga o’tamiz.Wi-Fi simsiz asosda radiosignallar yordamida tarmoqqabog’lanish texnalogiyasi. Yani Wi-Fi axborotni bir qurilmadan boshqasiga kabel va simsiz o’tkazadi. Texnalogiya 1991-yilda Nederlandiyada yaratilgan.

              Wi-Fi emblemasini ko’plab kafelar, supermarketlar va boshqa aholi gavjum joylarda uchratish mumkin. Bu belgining mavjudligi mazkur joylarda simsiz ulanish qo’llanilishini anglatadi. Avval Wi-Fi kassa xizmatini ko’rsatishni osonlashtirish uchun yaratilgan. Biroq biroz o’tmay ushbu texnalogiya yaratuvchilari uning ahamiyatini to’g’ri tushunib yetdilar va Wi-Fi ni keng istemolga chiqardilar. Bugungi kunda dunyo miqyosida oladigan bo’lsak u internetga ulanishning eng ko’p qo’llaniladigan usullaridan biriga aylangan. Endi bevosita texnalogiya qanday ishlashini o’rganamiz. Wi-Fi tarmog’i ulanish nuqtasi va uning ulanuvchi mijozlardan iborat bo’ladi.ulanish nuqtasi bitta bo’lsa mijozlar istalgancha ko’p bo’lishi mumkin. Faqat bir narsani unutmang-mijozlar ko’paygani sayin internet tezligitushaveradi.

                Mana shunday modul kompyuteringiz yoki boshqa mobil qurilmaga ham o’rnatilgan bo’lishi kerak. Natijada ulanish nuqtasi kompyuteringiz (noutbuk, planshet,smartfoningiz) va pravaydero’rtasida aloqani o’rnatadi. Simsiz ulanish texnalogiyasi qisqa masofalarda yuqori tezlikda ma’lumot uzatish uchun yaratilgan Wi-Fi da tezlik sekundiga 54 Mbitgacha chiqadi.Wi-Fi qamrov doirasi marshrutizatorning quvvatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Umuman  olganda signal uzatish masofasi 400 metirgacha yetishim mumkin. Wi-Fi tarmog’ida ulanish nuqtasi (Access Point) va marshrutizator yoki simsiz router (Wireless Pouter) asosiy qurilmalar sanaladi.

Wi-Fi dan foydalanish.

             Internetga ulanganingizdan keyingi birinchi qilinadigan ishingiz Wi-Fi da ishlovchi marshurutizator sotib olish bo’ladi. Simsiz tarmoqni sozlab bo’lganingizda bir nechta tarmoqqa ulanish mumkinligini ko’rishingiz mumkin.Bunga hayron bo’lmang demak yaqin atrofda yana boshqalar ham Wi-Figa ulanishgan u “qulflab” qo’yishni unitishgan.ularning xatolarini takrorlamaslik uchun o’zingizning Wi-Fi ulanish nuqtangizga parol o’rnating. Shunda hamma ham sizning internetingizga sherik bo’lavermaydi. Agar cheksiz internetga ulangan bo’lsangiz “olavermaydimi davlatim kamayib qolarmidi” desangiz ham internet tezligi sezilarli tushub ketishi sizga yoqmasa kerak.

             Begona tarmoqqa ulanish uchun vazifalar panelining o’ng tomonida joylashgan tarmoq belgisini bosish va kerakli tarmoqni tanlash kifoya  ulanish avtamatik ro’y beradi (faqat uning parolini bilsangiz yoki parol qo’yilmagan bo’lsa!).

             Wi-Fi AFZALLIKLARI. Wi-Fining shuhrat qozonishiga va ADSL ulanishlarini asta-sekin bo’lsa-da siqib chiqarishga sabab bo’layotgan afzalliklarni ko’rib chiqaylik. Birinchidan bu texnalogiya tarmoqqa turli mabil qurilmalar (telefon, smartfon, planshet, noutbuk, netbuk, electron kitob va b)ning ulanishiga imkon beradi. Ikkinchidan ma’lumotlar uzatish paytida Wi-Fi qurilmalaridan chiqadigan nurlanish uyali telefon tarqatadigan nurlanishga qaraganda yuz marta kam demak radioto’lqinlarning salomatlikka zarari kamroq bo’ladi. Uchinchidan Wi-Fi texnalogiyasida ishlaydigan barcha qurilmalar bir-bir bilan ulana oladi. Yani smartfonni noutbukka, kompyuterni electron kitobga va hakazo qurilmalarni bir-biriga ulash uchun sim qidirib yurmaysiz Wi-Fi orqali qurilmalarni ulaysiz va ma’lumotni uzatasiz tamom. To’rtinchidan tarmoqni kengaytirish oson va arzon kechadi kabek o’tkazish ulash kerak bo’lmaydi. Wi-Fi ning bu hususiyati ayniqsa opa singillarimizga xush keladi oyoq ostida o’ralashib uy yig’ishtirishga halaqit beradigan simlardan qutilamiz.

Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi  sinflarda o’tkazilgan

30.01.2017 yilda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining tavalludi munosabati bilan “El ardog’idagi inson” mavzusidagi darsdan foto lavhalar.

  

Ochiq darsdan foto lavhalar
 

 

WordPress Themes